Umarshayx Mirzoning uchinchi o‘g‘li. Onasi Mulkat oqa begimdir. 1384-1415-yillarda yashagan.
Amir Temur bobosi uni juda eʼzozlagan. 1403-yilda Hamadon viloyatining hokimi etib tayinlashi bunga misoldir. 1410-yilda akasi Pir Muhammad Mirzo Sheroziy Duchoha mavzeʼida amir Xoja Husayn tomonidan qatl etilgach, voris sifatida uning o‘rniga taxtga o‘tirdi. Sulton Iskandar Sheroziy deb atalashi shundan kelib chiqqan. U tez orada Iroq va Shom viloyatiga qoyim bo‘lib, xutbani o‘z nomiga o‘qitgan.
Uning adabiyotga, sanʼatga oshufta inson bo‘lganligi manbalarda qayd etilgan, xususan, hazratimiz Alisher Navoiyning yozishicha,“Sulton Iskandarni derlarkim, taʼbi nazm erdi. Va bu tuyuqni andin naql qilurlar…”.
To‘lun oyg‘a nisbat ettim yorumi,
Ul xijolatdin kam o‘ldi yorumi.
Tori mo‘yungning zakotin men beray,
Yo Misrni, yo Halbni yo Rumi.
To’lqin Hayit
Surat Sulton Iskandar Sheroziy to’lenomasi