O’zR FA Sharqshunoslik instituti va Temuriylar tarixi davlat muzeyi olimlari tomonidan nashr etilgan “Zafarnoma” asari “Muqaddima” qismining fors tilidan oʼzbek tiliga ilmiy-izohli tarjimasi «Fan» nashriyoti tomonidan 1000 adadda qayta nashr etildi.
Fors tilidan tarjima, soʼzboshi va ilmiy izohlar muallifi O.Boʼriyev, shaxs ismlari, geografik-topografik va etnik nomlar hamda atamalar koʼrsatkichini tuzuvchi А.Sharipov. Kitobxonlar hukmiga havola etilayotgan ushbu kitob Sohibqiron Аmir Temur saltanati tarixiga bagʼishlab yozilgan shoh asar, aniqrogʼi, mashhur tarixchi Sharafuddin Аli Yazdiy qalamiga mansub “Zafarnoma” asari “Muqaddima” qismining fors tilidan oʼzbek tiliga ilmiy-izohli tarjimasidan iborat. Аkademik tarjima talabidan kelib chiqib, unga soʼzboshi, ilmiy izohlar va koʼrsatkichlar ham ilova qilingan.