Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Elmira Hazratqulovaning «Bobur – adabiyotshunos» nomli monografiyasi nashr etildi.
Ushbu monografiyada Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asaridagi adabiy muhit, ijodiy portretlar, janr va uslub, adabiy tanqidchilikning tarixiy ildizlari haqida, shu jumladan, temuriylar davri madaniy muhitining Hirot, Samarqand shaharlari misolida taraqqiy etishiga doir ilmiy izlanishlar aks ettirilgan. Monografiya temuriylar davri adabiyoti bilan qiziquvchi ixlosmandlar, filologiya fakulteti talabalari va soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.