Barcha yangiliklarga qaytish

AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI VA MOXIR SARKARDA

Joriy yilning 31 mart kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalqaro Amir Temur hayriya  jamoat fondi va O‘zbekicton Respublikasi  Mudofaa Vazirligi havo xujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi xamkorligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi hamda buyuk ajdodimiz, yirik  davlat arbobi, ilm-fan va madniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur – buyuk davlat arbobi va moxir sarkarda” mavzuidagi ilmiy-maʼrifiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor”, “Temuriylar davri kitobat namunalari tarixiy manba sifatida”, “Mustaqillik yilllarida Amir Temur hayoti va faoliyati tarixshunosligi”, ““Temur tuziklari”da Amir Temur fazilatlari”  mavzularida maʼruzalar tinglandi. Tadbir davomida  O‘zbekicton Respublikasi Mudofaa Vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Turon xarbiy teatri jamoasi o‘zlarining badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar uchun Temuriylar tarixi davlat muzeyi zallari bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.