2025 yil 15 may kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bо‘lib о‘tgan “Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” loyihasi yо‘lga qо‘yildi. Loyiha doirasida 1 iyundan 30 avgustgacha maktab о‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bо‘yicha keng kо‘lamli ishlar olib borish belgilangan.
✅Shu munosabat bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga respublikamizning bir qator maktab va litseylaridan 1000 dan ziyod о‘quvchilar tashrif buyurishmoqda. Muzeyning malakali ekskursovodlari tomonidan muzey ekspozitsiyasi bо‘ylab mazmunli ekskursiyalar tashkil etilmoqda.