2021 yil 15 iyun kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida atoqli manbashunos, muzeyshunos olim, tarix fanlari nomzodi, dotsent, “Mehnat shuhrati” ordeni, “Shuhrat” medali sohibi, ustoz va murabbiy Habibullayev Nozim Nasibullayevich xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, t.f.n. X.T.Fayziyev, O‘zRFA vitse-prezidenti, t.f.d., prof. B.A.Abduhalimov, O‘zR FA Tarix instituti direktori, t.f.d., prof., senator Azamat Ziyo va O‘zR Prezident administratsiyasi bosh konsultanti A.Sh.Mirzorahimovlarning kirish so‘zlari bilan ochib berildi. Tadbirda olimning hamkasblari, do‘stlari, yaqinlari va shogirdlari iliq, samimiy xotiralar bilan ustozni yodga oldilar. Zoom platformasi orqali olimning xorijiy hamkasblari Leyden Universiteti doktori Yelena Paskaleva va Fransiyadagi “Temuriylar tarixi va madaniyatini o‘rganish assotsiatsiyasi” prezidenti Frederik Bressanlar ham olimning Amir Temur va temuriylar davri tarixini o‘rganish va targ‘ib qilishga qo‘shgan katta hissasisini yodga olib so‘zga chiqdilar. Tadbirda sharqshunos, muzeyshunos, tarixchi olim Habibullayev Nozim Nasibullayevichning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan “ILMU FANGA BAXSHIDA UMR” nomli xotira kitobi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi va tadbir ishtirokchilriga esdalik sifatida taqdim etildi. Ushbu to‘plamda Nozim Nasibullayevich bilan bog‘liq xotiralar, ustozning hayot yo‘llari, ilmiy faoliyatlari aks etgan maqolalar o‘rin olgan. Xotira kitobidagi esselarni mutolaa qilgan kitobxon ustozning muzeyshunoslik va tarix ilmida qoldirgan ulkan meroslari, aynan temuriylar davri renessansini keng targ‘ib etishda qo‘shgan hissalari, insoniylik fazilatlari, yoshlarga ko‘rsatgan saboqlari, muruvvatlari to‘g‘risida maʼlumot oladi. Shuningdek, ilmiy-amaliy faoliyatlari o‘rin olgan foto tasvirlar orqali ustozni yana bir bor o‘z kasbiga bo‘lgan mehr-muhabbatini his qilish mumkin.
Tadbir doirasida “Serqirra olim Habibullayev Nozim Nasibullayevichning mazmunli va ibratli xayot yo‘lidan foto lavhalar” nomli ko‘rgazma takshil etildi.







