Joriy yilning 6 dekabr kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan “KONSTITUTSIYA – XALQIMIZNING TARIXIY YUTUG‘I VA KELAJAGIMIZ KAFOLATI” mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari nomzodi Xurshid Fayziyevning tabrik so‘zlari bilan ochib berildi. Tadbir davomida muzey katta ilmiy xodimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, tarix fanlari doktori, professor Abdumajid Madraimovning “Qonun ustuvorligi Amir Temur va Temuriylar asosiy tamoyili”, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, yuridik fanlari doktori, professor, Feruza Muhiddinovaning “Yangi O‘zbekiston va barqaror konstitutsiyaviy taraqqiyot” mavzuidagi ma’ruzalari tinglandi. Tadbir davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi, shoira Gulchehra Ibragimovaning she’riy chiqishi, Toshkent shahar Shayxontoxur tumani 324-sonli maktab hamda Chilonzor tumani 280-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari hamda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari tomonidan tayyorlangan raqs ijrolari tadbirga yanada ko‘taringi ruh bag‘ishladi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga “Tashakkurnoma”lar taqdim etildi va muzey ekspozitsiyasi bo‘ylab sayohat tashkil etildi.





