O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi F-5455 sonli “2021 yilda Luvr muzeyida O‘zbekiston muzey eksponatlari ko‘rgazmasini o‘tkakzilishini tashkil etish hamda xorijda O‘zbekiston muzey fondlarining samarali namoyish qilinishiga sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoyishiga binoan Luvr muzeyida O‘zbekiston muzey ashyolari ko‘rgazmasi o‘tkazilishi belgilangan. 2021 yil 25 dekabrda qabul qilingan 1-son Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Kegashi majlis bayoniga muvofiq muzey ashyolari ustida restavratsiya ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 24 may kuni O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyiga Luvr muzeyi restavratori Christine Pariselle, uning jamoasi vakillari Huynh Clara, Bentouati Schahrezade, Tavoso Olivierlar, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, O‘zbekistonning UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi Bosh kotibi Gayane Umerovalar tashrif buyurishdi. Mehmonlar muzey ekspozitsiyasi bilan tanishdilar. Muzey direktori X.Fayziyev Temuriylar tarixi davlat muzeyi ekspozitsiyasidan joy olgan noyob eksponatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Muzey ashyolarini Fransiyalik restavratorlar tomonidan restavratsiya va konservatsiya qilinish jarayoni uchun shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Fransiyalik restavratorlar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Milliy arxeologiya markazi, Termez arxeologiya muzeylaridagi ashyolar va eksponatlarni restavratsiya qilishi rejalashtirilgan





