Barcha yangiliklarga qaytish

“MILLIY USLUBDA TAQINCHOQLAR YASASH” bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 27 maydagi PQ-261 sonli qaroriga ko‘ra “2022–2023 yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qo‘shimcha xizmatlarning manzilli rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 7 oktyabrida Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zosi Komilova Mushtariybonu Ramz qizining “Milliy uslubda taqinchoqlar yasash” bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida muzeyga tashrif buyurgan o‘quvchilar, talabalar va xorijlik sayyohlar o‘zlari taqinchoq yasab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar. Ushbu milliy taqinchoqlarni yasash texnikasi ayniqsa xorijlik sayyohlarda katta taassurot qoldirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.