Barcha yangiliklarga qaytish

“MUSTAQILLIK – BUYUK NE’MAT” nomli ilmiy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zR Mudofaa vazirligi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi va Toshkent amaliy fanlar universiteti hamkorligida “MUSTAQILLIK ­– BUYUK NE’MAT” nomli ilmiy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbir Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori t.f.n. Xurshid Turg‘unovich Fayziyev va Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Davronbek Olimjonovich Abdurahimovning tabrik so‘zlari bilan ochib berildi. Tadbirda Temuriylar tarixi davlat muzeyining bir qator xodimlari, jumladan, t.f.d., prof Abdumajid  Madraimovning “Temuriylar davri san’ati va madaniyati – uchinchi  renessans asosi”, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘lqin Hayitning “Amir Temur va O‘ljoy Turkon oqo qismati”, Komiljon Sultonovning “Bizning yo‘limiz – adolat va ozodlik yo‘li”, t.f.n. Ozoda Rahmatullayevaning “Mustaqillik – milliy mafkuramiz asosi” mavzuidagi ma’ruzalari tinglandi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga Temuriylar tarixi davlat muzeyi toimonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi va muzey zallari bo‘ylab sayohat tashkillashtirildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.