Barcha yangiliklarga qaytish

MUZEY VA OLIY TAʼLIM MUASSALARI HAMKORLIGI

Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 apreldagi «Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  PQ-4680-sonli qarori ilovasining “2020 – 2023 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini kompleks rivojlantirish” dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetinining “Xorijiy mamlakatlar tarixi”, “Sharq filologiyasi va tarjimonshunoslik”, “Sharq sivilizatsiyasi va tarix” va “Yaponshunoslik” fakultetlari 2-3 kurs talabalirining amaliyoti boshlandi. Joriy yilning 4 fevralida muzeyda 40 dan ortiq talabalar bilan tanishuv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda talabalarga muzeyning qurilish tarixi,  faoliyatining asosiy  mohiyati,  “Fond va arxiv”, “Maʼnaviyat va maʼrifat”, “Ekspozitsiya va ko‘rgazmalarni ilmiy loyhalash va badiiy bezash”,  “Ekskursiyalar” kabi bo‘limlarining asosiy vazifalari va muzeyining jamiyatdagi o‘rni haqida maʼruza qilindi. O‘tkazilayotgan ushbu  amaliyot  orqali universitet talabalari uchun tarmoqqa oid yangiliklarni, sohani rivojlantirish istiqbollarini tushuntirib berish hamda taʼlim mazmunini takomillashtirish, taʼlim-fan itegratsiyasi, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Talabalar muzey fondi va kutubxonaridan erkin foydalanishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.