Barcha yangiliklarga qaytish

“Muzey va zamonaviy texnologiyalar” nomli monografiyasi nashr etildi

Temuriylar tarixi davlat muzeyi boʼlim mudiri, tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori Shaxnoza Miraliyevaning “Muzey va zamonaviy texnologiyalar” nomli monografiyasi nashr etildi. Kitobxonlar hukmiga havola etilayotgan ushbu monografiyada XXI asrda rivojlangan mamlakatlar muzeylarida anʼanaviy vazifalar va funksiyalardan biroz chetga chiqib, jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga koʼmak beruvchi zamonaviy axborot tizimini tatbiq etilgani va ular tajribasi asosida Oʼzbekiston muzeylari faoliyatida innovatsion izlanishlar olib borilayotgani, qulay konstruktiv yechimlar topilayotgani va eng asosiysi mamlakatimiz muzeylarini jahondagi yetuk muzeylar qatoridan joy egallashi uchun innovatsion texnologiyalarning joriy etilgani bir qancha muzeylar misolida koʼrib chiqilgan. Ushbu kitob muzeyshunos, sanʼatshunos, tarixchi va oliy taʼlim muassasalari talaba va tadqiqotchilari uchun oʼquv qoʼllanma sifatida xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.