Barcha yangiliklarga qaytish

MUZEYDA SEMINAR-TRENINGLAR DAVOM ETMOQDA

 «18 may – Xalqaro muzeylar kuni» munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyida navbatdagi onlayn seminar – trening o‘tkazildi. Unda muzey katta ilmiy xodimi Shaxnoza Miraliyevaning «O‘zbekistonda zamonaviy muzeylar infratuzilmasini jahon tajribasi asosida takomillashtirish» mavzuidagi maʼruzasi tinglandi. Maʼruzada muzeylarda ekspozitsiya va ko‘rgazmalarni yaratishda anʼanaviy vazifalar va funksiyalardan biroz chetga chiqib, jamiyat hayotida faol ishtirok etishga ko‘mak beruvchi innovatsion dasturlar amalga oshirilayotgani dunyoning rivojlangan yirik muzeylari misolida ko‘rib chiqildi. Aytib o‘tilgan muzeylar faoliyati tajribasi asosida bugungi kunda O‘zbekiston muzeylari infratuzilmasi ham xalqaro standartlarga muvofiq takomillashib borayotgani, muzeylarda “smart” – texnologiyalar joriy etilayotgani xaqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.