Barcha yangiliklarga qaytish

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy yutuqlari koʼrgazmasi oʼtkazildi

Joriy yil 19-avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan ilk bor Fanlar akademiyasi ilmiy yutuqlari koʼrgazmasi oʼtkazildi. Koʼrgazmada Fanlar akademiyasi olimlarining 200 ga yaqin ishlanmalari namoyish etildi. Jumladan, Temuriylar tarixi davlat muzeyi Amir Temur va Temuriylar davri tarixini keng yoritish va targ‘ib etish bo‘yicha amalga oshirgan ilmiy nashrlari va zamonaviy muzeyshunoslik sohasida erishgan yutuqlari, yaratilgan virtual ishlanmalari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, koʼzrgazmada xorijiy davlatlar elchixonalari, yirik sanoat korxonalari, 10 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi. Mazkur koʼrgazma olimlar tomonidan yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish, soʼnggi ilmiy ishlar natijalari bilan keng jamoatchilikni tanishtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash imkonini beradi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.