Barcha yangiliklarga qaytish

“O‘zbekiston muzeylari – ma’naviyat maskani” nomli ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 13 sentyabr kuni O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-sonli qarorida belgilangan vazifalar  ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston muzeylari – ma’naviyat maskani” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Moziyga sayohat” dasturi doirasida muzeyga tashrif buyurgan Toshkent davlat agrar universitetining 1-kurs talabalariga, Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 110-maktab va Yunusobod tumanidagi 274-maktab o‘quvchilari hamda muzey tashrifchilariga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Xalq ijodiyoti” fakulteti “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi qoshidagi “SAYQAL” sozandalar  ansambli tomonidan tayyorlangan konsert dasturi va O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Shiroq” spektakli namoyish etildi. Shuningdek, aholimizda saqlanayotgan madaniy boyliklarni davlat muzeylariga topshrhlishini rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” aksiyasida ishtirok etgan aholi vakillari va muzey xodimlariga tashakkurnomalar taqdim etildi. Ushbu aksiya doirasida muzey xazinasiga qadimiy idish, toshbosma asar, Temuriylar davriga oid mis va kumush tangalar topshirildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.