2019 yilning 12 noyabr sanasida Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurorining o‘rinbosari – Rossiya Federatsiyasi Bosh harbiy prokurori V.G.Petrov boshchiligidagi delegatsiya O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyiga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida delegatsiya a’zolari Amir Temur va Temuriylar davri tarixi haqida hikoya qiluvchi muzey ekspozisiyasi bilan katta qiziqish bilan tanishib chiqdilar.