Barcha yangiliklarga qaytish

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan “SOHIBQIRON AMIR TEMURGA EHTIROM” nomli tadbirlar turkumi o‘tkazildi

Sohibqiron Amir Temur davlatchiligimiz tarixida o‘zining ulug‘ xizmatlari bilan o‘chmas iz qoldirdi. Amir Temur adolatli amir, ilm-fanga homiy hukmdor, mohir sarkarda bo‘lishi bilan birgalikda, murakkab davrda mustaqil, markazlashgan davlat qura olgan buyuk bunyodkor shaxs hamdir. Amir Temur va Temuriylar davrida Vatanimiz tarixi,  Insoniyat tamadduni moddiy va ma’naviy madaniyati sahifasida ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, she’riyat yuksak darajada taraqqiy etdi. Buesao‘znavbatida “Temuriylar Renessansi” deb atalishig asabab bo‘ldi. Amir Temur o‘z avlodlariga nafaqat katta saltanatni, ayni vaqda yaxshi ananalarni ham meros qoldirdi. Barcha Temuriylar Amir Temurning obodonchilik, mamlakatni adolat bilan boshqarish, madaniyat, sanat, ilm-fan sohalaridagi ishlarini davom ettirdilar.

 Dunyoda bugun Amir Temur va Temuriylar merosini o‘rganish bo‘yicha G‘arb va SHarq tillarida mingdan ortiq kitoblar, dissertatsiyalar, monografiyalar ilmiy maqolalar va boshqa ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

 O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi Toshkent shahar hokimiyati, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi, O‘zbekiston Qurolli kuchlari muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 9-aprel kuni Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan “Sohibqiron Amir Temurga ehtirom” nomli tadbirlar turkumi o‘tkazildi.

Poytaxtimiz markaziy maydoni – Amir Temur xiyobonida davlat va jamoat arboblari, xorijiy diplomatik korpus vakillari, mahalla faollari hamda talaba-yoshlar ishtirokida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar tomonidan ulug‘ Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. 

SHundan so‘ng, yig‘ilganlar Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. Bu erda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Turon” harbiy teatri, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari  Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Toshkent shahar YAshnobod tumani 153-maktabning musiqiy-badiiy chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida tomoshabinlar muzeyda tashkil etilgan “Temuriylar davri madaniyati rassomlar ijodida” va “YAngi Sanganak” xazinasi nomli yangi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.

 Muzeyning konferensiyalar zalida “Sohibqiron Amir Temur – buyuk davlat arbobi va mohir strateg” mavzuidagi ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekistonning taniqli temurshunos olimlari hamda horijiy tadqiqotchilarning maruzalari tinglandi.

“Ochiq eshiklar kuni” davomida tomoshabinlarga muzey ekspozitsiya zallari bo‘ylab sayohatlar uyushtirildi.

 

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.