Adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi etdim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm-shafqat bilan, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlarning ko‘nglidan joy oldim.
“Temur tuzuklari” asaridan
“Amir Temur saltanat yumushlaridan xalos bo‘lgach, har oqshom ulamo va fozillarni huzuriga taklif etib, fan va dinning eng nafis muammolaridan bahs yuritardi”.
Sharafuddin Ali Yazdiy, “Zafarnoma”
Biron chaqirim yo‘l yo‘qki, unda qishloq yoki o‘zlashtirilmagan yer bo‘lmasin: ular shu qadar mashhurki, Temurbekning “mening o‘ttiz chaqirimga cho‘zilgan bog‘im bor” deb aytgan so‘zlari, aftidan, ana shu tumanlarga oiddir.
Zahiriddin Muhammad Bobur
Amir Temur o‘z saltanatida boshqaruv va savdo-sotiqqa katta eʼtibor berdi. U o‘zi tanlab olgan amaldorlarga nisbatan juda qattiqqo‘l edi. U barcha viloyatlarda, ayniqsa, uning yo‘qligida tartib hamda adolat bo‘lishini xohlardi. Uzoq yurtlarga qilgan yurishlaridan qaytar ekan, u hisobotlar tuzar va yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilar edi. Hech narsa uning nazaridan chetda qolmagan ko‘rinardi.
Lyusyen Keren, fransuz olim