2019 yilning 11 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi FA Tarixi instituti tashkil topganligining 75 yilligi, “Tarixshunoslik va manbashunoslik” bo‘limining 50 yilligi hamda “Tarixshunoslik o‘qishlari”ning 30 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda tarix fanining rivojlanishi natrijalari: yutuqlar va muammolar” mavzuidagi an’anaviy “Tarixshunoslik o‘qishlari – 2019” ilmiy amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.