Barcha yangiliklarga qaytish

“Temuriylar davri allomalari” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

       Joriy yilning 27 sentyabr kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati muassasasi hamkorligida “Temuriylar davri allomalari” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari nomzodi Xurshid Fayziev va tarix fanlari nomzodi Xamidulla Dadaboevning tabrik so‘zlari bilan ochib berildi. Tadbirda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi, O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘lqin Xayitning “Xamidulla Dadaboev ijodida Temuriy sarkardalar”, TDSHU professori, adabiyotshunos Adhambek Alimbekovning “O‘zbek adabiyotida Amir Temur siymosi” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi. Tadbirda Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati muassasasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan maqullangan “Ajdodlar merosi – ma’rifat ziyosi” grant loyihasi rahbari Muhabbat Shoyusupova tomonidan tashkillashtirilgan “Temuriylar davri allomalari” insholar tanlovi g‘oliblari munosib taqdirlandi. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Nargiza Asadova insholar tanlovi yakuni bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, tadbir so‘ngida o‘quvchilar uchun Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo‘ylab mazmunli sayohat tashkil etild

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.