Bugun Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida muzeyning 29 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, “Shuhrat” medali sohibi, akademik Alisher Aliqulov bilan ijodiy uchrashuv va davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori ilmiy ishlar bо‘yicha direktor о‘rinbosari Surayyo О‘ljaboyeva tomonidan ochib berildi.
Tadbir davomida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor t.f.d. Dilafruz Qurbonova, O’zbekiston xalq rassomi, O’zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, institutning “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi professori Rustam Xudoyberganov, Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, t.f.d., prof. Abdumajid Madraimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘lqin Hayit va muzey ilmiy xodimi Nodira Mirjonovalar sо‘zga chiqib, rassomning ijodiy faoliyati, yaratgan asarlari xususida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etishdi.
Tadbirda rassom tasviriy san’at sohasiga kirib kelishida oiladagi muhit, bolalik yillari haqida, maktab va talabalik davrida ustozlari, ijod yо‘li, tajribalari haqida gapirib berdi.
Respublikamizdagi eng yirik muzeylarda Alisher Aliqulov ijodiga oid monumental asarlar о‘rin olgani kо‘pchilikka ma’lum. Uning ijodida Amir Temur va temuriylar davri tarixi katta ahamiyatga ega va bu davr uning ijodini asosini tashkil etadi. Uning ijodiga oid asarlar Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochilganidan buyon ekspozitsiyada o‘rin olgan bo‘lib, bu asarlar bugungi kunda nafaqat mahalliy balki xorijiy mehmonlarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Tadbir davomida rassom aynan Temuriylar tarixi davlat muzeyi ekspozitsiyasida namoyish etilgan asarlarining yaralish tarixi haqida sо‘zlab berdi.
Tadbir davomida muzey xodimlari va talabalar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ayniqsa rassomning aynan murakkab tarixiy janrda ijod qilishni tanlagani kо‘pchilikni qiziqtirdi. Shu borada berilgan savolga javob berar ekan, rassom milliy tariximizni juda ham yaxshi kо‘rishini, uni dunyoga bor bо‘yicha namoyon etish ijodkor sifatidagi oliy maqsadi ekanligini alohida ta’kidladi.





