Barcha yangiliklarga qaytish

Temuriylar va Boburiylar taixiga oid yangi kitob nashrdan chiqdi

Ushbu monografida tari fanlari doktori, professor Abdumajid Madraimovning Temuriy va Boburiylari davri miniatyura san’ati rivojiga oid sara tadqiqotlari hamda uch risolasi jamlandi.

Ushbu ilmiy izlanishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Temuriylar davri buyuk shaxslari: jumladan Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Boysung‘ur Mirzo, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Zahiriddin Muhammad Boburlarning xattotlik, kitobat va miniatyura san’atiga munosabatini o‘rganishdan va bu san’at atoqli namondalari faoliyatini o‘sha davrdan yetib kelgan noyob namunalar, ilmiy adabiyotlardagi yangi ma’lumotlar asosida yoritishdan iborat. Kitobda mustaqillik davriga kelib qayta tiklangan mumtoz sharq nafis san’ati: xattotlik va miniatyura an’analarining davom ettirishi va taraqqiyotiga oid ham bir qator tadqiqotlar mavjud.

Umuman, monografiya Temuriy va Boburiylar davri miniatyura, kitobat san’ati va madaniyati tarixi bilan qiziquvchi barcha go‘zallik ixlosmandlariga mo‘ljallangan bo‘lib, undan qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.