Barcha yangiliklarga qaytish

XALQARO ALOQALAR

Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Turkmaniston davlat madaniyat markazi davlat muzeyi o‘rtasida xalqaro aloqa o‘rnatildi

2021 yilning oktyabr oyida Turkmaniston Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi”ning 45-bandiga asosan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga Turkmaniston muzeylarida saqlanayotgan Temuriylar davriga oid osori-atiqalar, me’moriy yodgorliklarni o‘rganish uchun Turkmaniston muzeylari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 15 fevral kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Turkmaniston davlat madaniyat markazi davlat muzeyi vakillari o‘rtasida videokonferens aloqa o‘rnatildi. Unda ikki muzey o‘rtasida hamkorlik Memorandumini imzolash, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadqiqotlar, hamda hamkorlikda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.