Barcha yangiliklarga qaytish

Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi (IPC) rahbari Endryu Parsons Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi (IPC) rahbari Endryu Parsons O‘zbekistonga ilk bor tashrifi doirasida Temuriylar tarixi davlat muzeyida mehmon bo‘ldi. Sohibqiron bobomiz Amir Temur shaxsiga qaratilayotgan ulkan ehtirom namunasi hisoblangan ushbu muzeyning boy ekspozitsiyasi bilan tanishdi. Tashrif so‘ngida Endryu Parsons muzeyning “Faxriy mehmonlar kitobi»ga o‘zining quyidagi taassurotlarini yozib qoldirdi: “Temuriylar muzeyiga tashrifimdan hamda O‘zbekistonning boy tarixidan juda taʼsirlandim. O‘zbek xalqining otasi bo‘lmish Amir Temur, uning rahbarlik salohiyati, hayot falsafasi, ulug‘larga ko‘rsatgan hurmatidan men o‘zim uchun ko‘p saboqlarni o‘rgandim. Bu katta tajriba va buning uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman”. Endryu Parsons. Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi (IPC) rahbari. 29 sentyabr, 2021.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
© 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.