2019 yilning 12 dekabr sanasida Yaponiyaning Nagoya shahri Meri Takasi Kavamura boshchiligidagi delegatsiya O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi. Muzeydagi Amir Temur va Temuriylar davri tarixi, madaniyati va san’atiga oid eksponatlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tashrif yakunida Takasi Kavamura muzeyning “Faxriy mehmonlar” kitobida o‘zining dil so‘zlarini yozib qoldirdi.