Joriy yilning 2 aprel kuni O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Xalqaro Amir Temur hayriya jamoat fondi, O‘zbekicton Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona instituti hamkorligida “Yuksak maʼnaviyatli shaxs tarbiyasida Amir Temur o‘gitlarining ahamiyati” mavzuidagi ilmiy-maʼrifiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Temuriylar tarixi davlat muzeyi xodimlari t.f.d., prof. Abdumajid Madraimov, t.f.n., dos. Ozoda Rahmatullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘lqin Hayit va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti prorektori, f.f.n, dos. Bahodir Husanovlar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Anjumanda “Amir Temur diplomatiyasi tarixidan”, “Sohibqiron Amir Temur hayot falsafasining tarbiyaviy ahamiyati”, “Temuriylar davri kitobat sanʼati tarixidan”, “Mustaqillik yilllarida Amir Temur hayoti va faoliyati tarixshunosligi” mavzuidagi maʼruzalar tinglandi. Tadbir so‘ngida Temuriylar tarixi davlat muzeyi va O‘zbekicton Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona instituti esdalik sovg‘alari bilan almashdilar. Tadbir ishtirokchilari uchun muzey zallari bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.



